Futbol bo‘yicha Gruziya terma jamoasi pley-off bosqichida Gretsiya termasini ortda qoldirib, tarixda ilk bor Yevropa chempionatiga yo‘l oldi. Uchrashuv golsiz yakunlandi, ammo penaltilar seriyasida gruzinlar aniqroq harakat qilishdi. SHu tariqa Gruziya Evro-2024 dagi o'rnini qo'lga kiritdi va bu mamlakat uchun muhim yutuq bo'ldi. Bosh murabbiy Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan Villi Sanol. Gruziya terma jamoasi Turkiya, Chexiya va Portugaliya kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan joy oldi va mutaxassislar turnirda syurpriz qilishlari mumkinligini hozirdanoq bashorat qilishmoqda. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyaning turli shaharlarida, jumladan Berlin va Myunxenda bo'lib o'tadi. Saralash bosqichidagi kuchli o‘yin, jumladan, Lyuksemburg ustidan qozonilgan g‘alaba va Shotlandiya bilan durangdan so‘ng Gruziya Evro-2024 da o‘zining eng yaxshi qadamini qo‘yishi kutilmoqda.